Ukrainaning Ostonadagi elchixonasiga bino minalangani haqida xat keldi
Olam
−
04 dekabr 2022
5889Qozog‘iston politsiyasi Ukrainaning Ostonadagi elchixonasiga o‘rnatilgani taxmin qilingan portlovchi qurilma haqidagi xat mualliflarini qidirmoqda. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“1 dekabr kuni soat 17:50 da Ukraina elchixonasi konsuli politsiya bilan bog‘lanib, soat 15:08 da elektron pochta orqali binoda bomba borligi haqida xat kelganini aytdi. Fakt Yesil tumani Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotlar reyestrida qayd etilgan”, deyiladi xabarda.
Shundan so‘ng, hodisa joyiga maxsus xizmatlar yetib kelgan. Tekshiruv davomida portlovchi moslamalar topilmagan va tahdid bartaraf etilgan.
Respublika IIVga ko‘ra, hozirda voqeaga aloqador shaxslar qidirilmoqda.
Avvalroq Ukrainaning Ispaniya poytaxti Madriddagi elchixonasida portlash yuz bergandi. Oqibatda diplomatik missiya xodimlari yengil jarohat olgandi.
LiveBarchasi