Ukrainaning eng boy odamlaridan biri davlatga xiyonatda ayblanyapti

Olam

image

Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari “Motor Sich” korxonasi direktori Vyacheslav Boguslayevni hibsga olishdi. Bu haqda  “ZaBor” nashri huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, xabar berdi.

"Motor Sich" kompaniyasi rahbari Vyacheslav Boguslayev davlatga xiyonatda ayblanmoqda. Xavfsizlik xizmati uni hibsga oldi va hozir u kuzatuv ostida Kiyevga olib ketilmoqda", deyiladi xabarda.

Kompaniya boshlig‘ini qidirish 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan. OAV xabariga ko‘ra, Boguslayev eshiklarni ochishdan bosh tortgan va ularni maxsus jihozlar yordamida ochishga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Boguslayevning atrofidagilari qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Taxminlarga ko‘ra, tintuvlar faqatgina rahbarga nisbatan bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, “Motor Sich” samolyot gaz turbinali dvigatellari va sanoat gaz turbinali bloklarini ishlab chiqaradi, ta’mirlaydi va ularga xizmat ko‘rsatadi. Uning mahsulotlari 120 mamlakatda samolyotlar va vertolyotlarda qo‘llaniladi.

Vyacheslav Boguslayev – Ukraina sanoat, jamoat va siyosiy arbobi. 2000 yilda Ukraina Qahramoni bo‘lgan. 1994 yildan - "Motor Sich" korxonasining bosh direktori, direktorlar kengashi raisi. U Ukrainaning eng boy 25 kishisi ro‘yxatiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

717

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing