Ukrainaning Birinchi Prezidenti vafot etdi

Olam

image

Bugun, 10 may kuni Ukrainaning Birinchi Prezidenti Leonid Kravchuk uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

“Bugun, 2022 yil 10 may, Kiyev vaqti bilan soat 17:00 da mustaqil Ukrainaning Birinchi Prezidenti Leonid Makarovich Kravchuk uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng olamdan o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2021 yil 29 iyun kuni Leonid Kravchuk yurak jarrohligi tufayli Konstitutsiya kuni munosabati bilan Radaning tantanali yig‘ilishini o‘tkazib yuborgan. Sentyabr oyida u reabilitatsiya qilish uchun Germaniyaga yuborilgan. Keyinroq sobiq Prezident Myunxendagi klinikaning reanimatsiya bo‘limida komadan chiqqani ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, Leonid Kravchuk 1991-1994 yillar oralig‘ida Ukrainaga rahbarlik qilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing