Ukrainaning beshta samolyoti yo‘q qilindi – Rossiya Mudofaa vazirligi

Olam

image

Bugun, 25 avgust kuni Rossiya Qurolli Kuchlari Poltava va Dnepropetrovsk viloyatlaridagi aerodromlarda Ukraina samolyotlarini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Poltava viloyatidagi Mirgorod aerodromida Ukraina Harbiy-havo kuchlarining beshta samolyotiga zarba berilgan. Shunday bitta Su-27 va bitta Su-24 samolyotlari yo‘q qilingan. Yana ikkita Su-27 va bitta Su-24 samolyoti jiddiy shikastlangan.

Dnepropetrovsk viloyatida harbiy aerodromga berilgan yuqori aniqlikdagi zarba natijasida Ukraina Harbiy-havo kuchlarining uchta samolyoti yo‘q qilingan.

“Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Donetsk, Zaporoje va Xarkov viloyatida beshta dronni urib tushirdi”, deb qo‘shimcha qilgan vazirlik.

Bundan tashqari, Kaxovskaya gidroelektrstansiyasi, Xerson va Donetsk shaharlari hududida HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimining 19 ta snaryadi havoda urib tushirilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing