Ukrainaning Armanistondagi elchisi ko‘lda cho‘kib ketdi

Olam

image

Ukrainaning Armanistondagi elchisi Aleksandr Senchenko ko‘lda cho‘kib ketib halok bo‘ldi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 avgust kuni diplomat Armanistondagi Sevan ko‘lida cho‘milayotgan paytida cho‘kib ketgan. O‘shanda qirg‘oqda navbatchi bo‘lgan qutqaruvchilar ko‘lda suzayotgan erkakning g‘oyib bo‘lganini payqagan. Shundan so‘ng, g‘avvoslar uni quruqlikka olib chiqqan, biroq uning joni allaqachon uzilgan bo‘lgan.

Aleksandr Senchenkoning o‘limini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqlagan.

“Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ushbu yo‘qotish munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Senchenko  2003 yilda Tashqi ishlar vazirligi tuzilmalarida ish boshlagan. Faoliyati davomida boshqarmaning turli bo‘limlarida va mamlakatning xorijiy diplomatik muassasalarida xususan, Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston hududlarida ishlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Senchenk Sevan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar