Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan 56 yoshli ayol omma oldida qatl qilindi
Olam
−
05 noyabr 2022
49894Xerson viloyatining ruslar tomonidan bosib olingan hududida joylashgan Skadovsk shahrida rus politsiyachilari bilan ziddiyatga borgan 56 yoshli mahalliy fuqaro Tatyana Mudrenko omma oldida qatl etildi. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ayol Rossiya istilosiga qarshi faol norozilik ko‘rsatgan. U ukrainalik politsiyachilarga Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun tanbeh bergan va “Skadovsk - Ukraina!” deb baqirgan.
Shundan so‘ng ayol va uning 60 yoshli eri yashash uyida qo‘lga olingan va olib ketilgan. Uyning o‘zi esa talon-toroj qilingan.
15 oktyabr kuni esa Mudrenko vafot etgani haqida uning qo‘shnisi Natalya Chyornayaga xabar berilgan.
“Mudrenkoning og‘ziga nimadir quyishgan, so‘ng sud binosi oldida osib, o‘ldirilgan. Uning eri xotinini dafn etish uchun ozod qilingan. Dafn marosi tugagandan so‘ng u yana g‘oyib bo‘lgan”, deydi qo‘shnisi Natalya Chyornaya
Biroq, Chyornayaga topshirilgan o‘lim haqidagi guvohnomada ayolning o‘limiga “mexanik asfiksiya”, ya’ni nafas yo‘llarining qisilishi natijasida nafas bo‘g‘ilishi sabab bo‘lgani yozilgan bo‘lgan.
Shahboz Abdusattorov
LiveBarchasi