Ukrainaliklarga palov tarqatib yurgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi 

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlangach, mamlakatning Chuguyev shahrida mahalliy aholiga palov tarqatib yurgan 36 yoshli o‘zbekistonlik Sardor Hakimov raketa zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

“Uni butun Chuguyev taniydi. Hamma Sardor Hakimovning tirik ekanligiga oxirigacha umid qildi. U doim jilmayib turardi, u juda ijobiy edi”, deydi Xarkov viloyati hokimligi rahbari Oleg Sinegubov.

Mahalliy imom Timur Beridzening aytishicha, Sardor Hakimov otishma paytida yerto‘lada bo‘lib, u yerda palov tayyorlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan.

Ukraina OAVga ko‘ra, Hakimov 2000 yildan beri Lugansk viloyatining Severodonetsk shahrida istiqomat qilgan. Urushdan keyin, 2014 yilda u Chuguyevga ko‘chib o‘tgan. U yerda o‘zbek oshxonasi va ziravorlar do‘konini ochgan. Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin Hakimov oilasini O‘zbekistonga yuborib, Chuguyevda qolib, odamlarga yordam berib kelgan. 

Sardor Hakimov joriy yilning 25 iyul kuni vayronalar ostidan qutqarilgan Mansur Hakimovning ukasi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1731

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing