Ukrainaliklar Rossiya va Germaniyadan tovon puli talab qilyapti

Olam

image

Ukraina Germaniya va Rossiyadan tovon puli talab qilmoqda. Ushbu talabni Ukraina fuqarolarining yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatladi. Ilka Kucheriv nomidagi “Demokratik tashabbuslar” jamg‘armasi talabiga binoan Kiyev Xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ham buni tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Ukraina ikki davlatdan tovon puli talab qilishining sabablarini so‘rovnomada keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, Ukraina fuqarolari Germaniyadan II Jahon urushi davrida fashistlarning jinoyatlari uchun, Rossiyadan esa Stalin davrida Qrim tatarlari va ukrainlarni deportatsiya qilgani uchun tovon puli so‘ramoqda. 

Germaniyaga nisbatan talabni respondentlarning 61 foizi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 31,5 foizi bunday tashabbusga qarshi chiqdi. Shuningdek, so‘roq qilingan mamlakat aholisining 55,3 foizi Rossiyadan tovon puli talab qilish g‘oyasini ma’qullagan. Respondentlarning qolgan 35,7 foizi ushbu g‘oyani yoqlamagan.

Xabar berilishicha, ushbu so‘rovnoma may-iyun oylarida o‘tkazilgan bo‘lib, tadqiqotda ikki ming respondent qatnashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, may oyida Ukraina rasmiylarining “Ukraina qo‘zg‘olonchilari armiyasi” a’zolarini “Mamlakat mustaqilligi uchun kurashchilar” deb tan olish to‘g‘risidagi qarorini Ukraina aholisining deyarli yarmi ijobiy baholadi. 

Eslatib o‘tamiz, “Ukraina qo‘zg‘olonchilar armiyasi” ekstremistik tashkilot deb topilgan va Rossiyada bu tashkilotga taqiq qo‘yilgan. Shuningdek, Rossiya 2014 yilda Qrimni o‘z tasarrufiga qo‘shib olgandan keyin Rossiya va Ukraina munosabatlari yanada taranglashgan edi.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing