Ukrainalik 26 yoshli millioner Qozog‘istonda qidiruvga berildi
Olam
−
06 yanvar 2024
7403Qozog‘istonda Ukrainaning 26 yoshli millioneri Vadim Mashurov qidiruvga berildi. Bu haqdagi ma’lumot kecha, 5 yanvar kuni huquqiy statistika organlari portalida paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, unga nisbatan 2023 yilning 28 dekabr kuni Olmaota shahrida qidiruv ishi qo‘zg‘atilgan. Tashabbuskor – Moliyaviy monitoring agentligi.
Tergov ishlarini Olmaota iqtisodiy rivojlanish departamenti olib bormoqda. Portal shuningdek, qidiruvda bo‘lgan shaxs xorij — Ukraina fuqarosi ekanligini ham ma’lum qilgan.
Mahalliy OAV to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, Vadim Mashurov moliyaviy piramida ishiga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Statistika idoralari portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Vadim Mashurov “Sincere Systems” yoki “S-group, SS-group” piramidasining yaratuvchisi va foyda oluvchilaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, u Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan uchta modda tovlamachilik, avtomobil o‘g‘irlash va odam o‘g‘irlash bo‘yicha qidiruvga berilgan.
Vadim Mashurov – investor, moliyaviy bozor tahlilchisi, kriptovalyutalar sohasidagi loyihalarni ishlab chiquvchi, Instime.World kompaniyasi asoschisi, Ukrainadagi eng yosh va muvaffaqiyatli dollar millionerlaridan biri.
U Ukrainadagi eng yosh millionerlardan biri, deb ataladi. Shunga qaramay, bir qator Ukraina ommaviy axborot vositalari Mashurovni moliyaviy piramidaning aniq belgilariga ega bo‘lgan “S-group” kompaniyasining faoliyati bilan bog‘laydi. Qozog‘istonda “Sincere Systems” (S-group, SS-group) nomli kompaniya Qozog‘iston Respublikasi Moliyaviy monitoring agentligining moliyaviy piramidalar ro‘yxatiga kiritilgan.
LiveBarchasi