Ukrainaga Rossiyaning birvarakayiga 24 ta droni hujum qildi

Olam

image

Bugun, 8 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab 24 ta Shahed tipidagi dronlarini uchirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukrainaning Odessa, Nikolayev, Kirovograd, Xmelnitskiy va Jitomir viloyatlari ustida 17 ta dron urib tushirilgan. Shunga qaramay uchuvchisiz uchoqlar parchalari ikki viloyatda vayronagarchilikka olib kelgan. 

"Dron hujumi oqibatida logistika va transport inshooti hamda yonilg‘i quyish shoxobchasi zarar ko‘rgan", deydi Odessa viloyati rahbari Oleg Kiper.

"Shuningdek, Nikolayev viloyatining Voznesenskiy tumanida 14 ta aholi punkti elektr ta’minotisiz qoldi", deb yozadi viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Vitaliy Kim ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi 8 aprelga o‘tar kechasi Dnepropetrovsk viloyati osmonida Rossiyaning masofadan boshqariladigan X-59 raketasini ham urib tushirgan.


Maqola muallifi

Teglar

24 ta dron hujumi Ukraina-Rossiya urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar