Ukrainaga kelayotgan Erdo‘g‘anning samolyoti Polshaga qo‘ndirildi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 18 avgust kuni Prezident Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan urush davom etayotgan Ukrainaning Polsha bilan chegaradosh shahri Lvovga yetib bordi. 

Shunisi e’tiborga molikki, Prezident Erdo‘g‘anning samolyoti Polshaning Jeshuv xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Uni Polsha viloyat gubernatori Radoslav Viatr va Turkiyaning Varshavadagi elchisi Jengiz Komil Firat tomonidan kutib olgan. Erdo‘g‘an quruqlik transporti orqali Ukrainaning Lvov shahriga bordi. 

U Ukrainadagi uchrashuvlari doirasida Lvovdagi Pototskiy saroyida Ukraina Prezidenti Zelenskiy bilan uchrashdi. 

Safar chog‘ida Turkiya rahbariga Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vahit Kirishi, Savdo vaziri Mehmet Mush, Milliy razvedka boshqarmasi rahbari Hakan Fidan, Prezident ma’muriyati bilan aloqalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Fahrettin Altun, Prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Prezident ma’muriyati mudofaa sanoati bo‘limi rahbari Ismoil Demir, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi rasmiy vakili Umar Chelik va “Baykar Makina” bosh direktori Haluk Bayraktar hahrohlik qilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing