Ukrainaga qancha kerak bo‘lsa shuncha qurol yetkazib beramiz – Shols

Olam

image

Shimoliy Atlantika alyansi – NATO davlatlari zarur bo‘lgan vaqtgacha Ukrainaga qurol yetkazib berishni davom etirradi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tayotgan NATO sammiti avvalida jurnalistlarga aytdi. 

“Bu yerda to‘plangan mamlakatlar va boshqa ko‘plab davlatlar Ukrainaga o‘zini himoya qilishga yordam berayotgani yaxshi: ular moliyaviy resurslar va gumanitar yordam bilan ta’minlashmoqda, shuningdek Ukrainaga zudlik bilan zarur bo‘lgan qurollarni yetkazib bermoqdalar. Xabar shunday: biz yordam berishni davom etiramiz, Ukraina o‘zini himoya qila olishi kerak ekan, biz unga intensiv ravishda yordam beramiz”, deydi Shols.

Joriy yilning 21 iyun kuni Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Kiyev Germaniyadan “o‘qitilgan Ukraina ekipajlari bilan” Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar gaubitsalarini olganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, bu Ukraina olgan 155 mm artilleriyaning oltinchi turi. Xuddi shu kuni Germaniya hukumati birinchi marta Ukrainaga topshirilgan qurollar ro‘yxatini va keyingi etkazib berish rejasini e’lon qildi. Ro‘yxatda 30 ta Gepard o‘ziyurar zenit qurollari, IRIS-T havo mudofaa tizimi, uchta Mars raketa tizimlari, 22 yuk mashinasi va 80 pikap bor. Allaqachon yetkazib berilgan qurol va materiallar ro‘yxatida 38 ta, rejalashtirilganlar ro‘yxatida yana 25 ta pozitsiya mavjud.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing