Ukrainadan qaytgan talabalar endi O‘zbekistonda o‘qiydi

Jamiyat

image

Ukrainadan qaytgan talabalar O‘zbekistondagi oliygohlarda o‘qishini davom ettiradi. Bu haqda bugun, 4 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Bugungi kunda Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni ko‘rayapmiz”, dedi Prezident.

Qayd etilishicha, ushbu talabalarning aksariyati tibbiyot, transport, aviatsiya, iqtisodiyot, muhandislik, IT yo‘nalishlarida o‘qishmoqda. Oliy ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, viloyat hokimlari boshchiligida komissiya tashkil etilishi belgilangan.

“Komissiya bir hafta muddatda Ukrainadan qaytgan talabalarni o‘zimizdagi oliygohlarda o‘qishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Bunda, Komissiya o‘qishni O‘zbekistonda davom ettirish istagi bo‘lgan talabalarni soddalashgan tartibda ko‘chirishni hal etadi”, dedi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, 4 mart holatiga ko‘ra, umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2579 nafar o‘zbekistonlik vataniga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing