Ukrainadan 10 kunda qancha don olib chiqilgani aytildi

Olam

image

Rossiya, Ukraina, Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorlikda o‘rnatilgan “Don yo‘lagi” koridoridan Ukraina portlari orqali bir hafta davomida 10 ta kemada 305 ming 458 tonna don tashildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentiligi xabar bermoqda. 

Bugun, 8 avgust holatiga ko‘ra, Istanbulda 170 ming 458 tonna makkajo‘xori bo‘lgan yana 4 ta kemaning tekshiruvini yakunlash rejalashtirilgan, biroq 5 avgust kuni Ukrainadan jo‘nab ketgan Polarnet kemasi Kojaeli viloyatidagi Derinje tumani qirg‘oqlariga bugun yetib keldi. Kema 12 ming tonna makkajo‘xori olib ketmoqda. Qolgan 6 ta kema Italiya, Xitoy, Irlandiya, Buyuk Britaniya, Livan portlariga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 27 iyul kuni Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ishtirokida Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi ochildi.

Turkiya, Rossiya, Ukraina va BMT vakillari markazga taqdim etilgan kelishuvlarning bajarilishini nazorat qiladi. 

Kelishuvga ko‘ra, Ukraina portlaridan g‘alla va oziq-ovqat yuklarini olib ketayotgan yuk kemalari Istanbul bo‘g‘oziga kirishda oldindan belgilab qo‘yilgan nuqtaga langar tashlaydi. Shundan so‘ng kema Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va BMTning Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi vakillari tomonidan tekshiriladi. Tekshirishdan so‘ng, kemalar oxirgi manzilga jo‘nab ketadi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing