Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarini qaytaradigan birinchi samolyot bugun uchadi

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni Ukrainadan Polshaga o‘tkazilgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish bo‘yicha ilk parvoz amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi mamlakatdagi vatandoshlarni ortga qaytarish bo‘yicha choralarni ko‘rayotgani haqida xabar bergan edik.

TIV bergan ma’lumotga ko‘ra, Ukrainadagi 600 dan ziyod o‘zbekistonlik Polsha chegarasiga yetkazilgan.

Polshaga fuqarolar Ukrainaning Lvov shahridan jo‘natilmoqda, avtobuslar faqat komendant soati (22:00-08:00) davomida harakatini to‘xtatmoqda.

Vatanga qaytayotgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan hech qanday PZR-sertifikatlarini taqdim etish va Polshaga kirish vizasini rasmiylashtirish talab qilinmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing