Ukrainadagi urush boshqa davlatlarga ham tarqalyapti – Fidan

Olam

image

Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan Ukrainadagi jangovar harakatlar minalar va avtonom qurilmalar yetib boradigan boshqa hududlarni ham qamrab olayotganidan xavotir bildirdi. Bu haqda u Istanbulda Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya Tashqi ishlar vazirlarining o‘ninchi uch tomonlama uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bergan bayonotida ma’lum qildi.

“Urush hozir geografik jihatdan kengaymoqda. Biz ko‘ryapmizki, urushayotgan tomonlar foydalanadigan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar Boltiqbo‘yi mamlakatlarida paydo bo‘lmoqda. Biz Ruminiyada nima bo‘layotganini ko‘ryapmiz. Biz minalar va avtonom qurilmalar Turkiya bo‘g‘ozlariga yetib borayotganini ko‘ryapmiz. Bularning barchasi urush davom etayotganda geografik jihatdan qanday tarqalayotganini yaqqol namoyon etad”, deydi u.

Fidan, shuningdek, Ukrainadagi harbiy harakatlar kontekstida tomonlar hozirda mavjud harbiy munosabatlarni o‘zgartirish uchun tobora ko‘proq turli nishonlarga zarba berishga intilmoqda degan fikrni ilgari surgan. 

“Maqsadlar, infratuzilma bo‘yicha deyarli hech qanday cheklovlar qolmadi. Bu urushning halokatli ta’sirini ko‘rsatadi”, deydi u.

Fidan avvalroq Turkiya urush ketayotgan paytda tomonlarning ma’lum jihatlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishini ta’minlaydigan formulalarni taklif qilganini eslatdi. 

“Xabaringiz bor, Turkiya Qora dengiz don bitimi tashabbusi bilan chiqdi. Prezidentimiz bu masalaga katta ahamiyat berdi. Bu kelishuvlar bir muncha vaqt davomida amalga oshirildi va tarixiy muvaffaqiyatga erishdi”, deya qo‘shimcha qildi Turkiya tashqi idorasi rahbari.

Shuningdek, u urushning geografik tarqalishi tufayli Qora dengizda kema qatnovi xavfsizligiga putur yetayotgani, bu esa barchani tashvishga solayotganiga e’tibor qaratdi. 

“Boshqarilmaydigan dronlar, raketalar, nishonlarni tasniflash va aniqlashdagi xatolar fojialarga olib kelishi mumkinligi haqiqat. Shuning uchun baliq ovlash kemalari ham, transport kemalari ham bizning tegishli muassasalarimiz bilan, shu jumladan hududiy suvlarda ham muvofiqlashtirilgan holda harakat qilishi juda muhimdir. Bu hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hukumatimiz bu masalani juda diqqat bilan kuzatib bormoqda”, deydi Fidan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu chaqiriqlarga eng yaxshi javob muammoni tubdan hal qilish bo‘ladi, shuning uchun Turkiya Ukraina yo‘nalishida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga katta ahamiyat beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing