Ukrainada urush boshlanganidan beri shifoxonalarga 700 ta hujum qilingan – JSST
Olam
−
21 dekabr 2022 2442 2 daqiqa
24 fevral kuni Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan beri Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sog‘liqni saqlash muassasalariga kamida 700 ta hujumni qayd etgan, bu xalqaro gumanitar huquqning aniq buzilishi hisoblanadi. Bu haqda JSSTning Ukrainadagi vakili doktor Yarno Xabixt ma’lum qildi.
“Ukraina sog‘liqni saqlash tizimi ancha chidamli, ammo muhim infratuzilmaga qilingan qator hujumlardan so‘ng qiyin muammolarga duch kelmoqda”, dedi u.
Xabixtning so‘zlariga ko‘ra, elektr va suv yo‘qligi shifoxonalar va boshqa tibbiyot markazlarining aholiga kerakli yordamni to‘liq ko‘rsata olmasligini anglatadi.
“Sog‘liqni saqlash muassasalari mojaro paytida nishonga olinmasligi kerak”, deydi doktor.
JSST vakilining ta’kidlashicha, tashkilot Baxmut, Xerson va Dneprga zarur bo‘lgan hamma narsani yetkazib beradi va bu yordam tibbiyot muassasalari faoliyatini davom ettirish imkonini beradi.
“Rossiya bosqinidan beri JSST Ukraina uchun 2000 tonnadan ortiq tibbiy buyumlar sotib oldi. So‘nggi o‘n oy ichida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va uning gumanitar hamkorlari ularning yordami bilan butun mamlakat bo‘ylab qariyb to‘qqiz million kishini qamrab oldi”, deydi u.
Doktor Xabixtning aytishicha, ishda Ukrainada kasalliklar sonining ko‘payishi kutilmoqda.
“Sog‘liqni saqlash xizmatlarining mavjudligi tinimsiz hujumlar tufayli azoblanishda davom etmoqda. Yo‘llarda elektr va yorug‘lik yo‘qligi sababli avtohalokatlar va ko‘chalarda tan jarohati olish holatlari ko‘paymoqda. 2023 yil davomida Ukraina sog‘liqni saqlash tizimi doimiy byudjet yordamini talab qiladi. Butun mamlakatga generatorlar kerak, lekin birinchi navbatda ularni shifoxonalarga yetkazish lozim”, deydi doktor Xabixt.
Uning urg‘ulashicha, birlamchi tibbiy yordam markazlari kichikroq generatorlarga muhtoj.
Xabixt ko‘ra, qishki ta’til paytida JSST xodimlari mamlakat aholisiga yordam ko‘rsatishni davom ettirish uchun Ukrainada qoladi. Ayni paytda tashkilotning 200 dan ortiq xodimlari Ukrainada ishlaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr