Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya qanday yo‘qotishlarga yuz tutdi?
Olam
−
07 may 2022
8346Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri RF armiyasidan taxminan 25 100 nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqdagi ma’lumotlarni Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi e’lon qilgan.
Qayd etilishicha, Rossiyaning Ukrainadagi urush davomidagi taxminiy yo‘qotishlari quyidagicha:
• shaxsiy tarkibdagi harbiylar – 25 100 kishi;
• tanklar – 1 122 ta;
• zirhli jangovar mashinalar – 2 713 ta;
• artilleriya tizimlari – 509 ta;
• baravariga reaktiv otish tizimi – 172 ta;
• havo mudofaasi tizimlari – 84 ta;
• samolyot – 199 ta;
• vertolyot – 155 ta;
• avtomobil uskunalari va tankerlari – 1 934 ta;
• kemalar/qayiqlar – 11 ta;
• operatsion-taktik darajadagi dronlar – 341 ta;
• maxsus texnika – 38 ta;
• qanotli raketalar – 90 ta.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining tezkor-taktik va armiya aviatsiyasi bir kechada Ukrainaning 18 ta harbiy ob’ektiga, jumladan qo‘mondonlik punktlariga, shaxsiy tarkib va harbiy texnikaning to‘planish joylariga, shuningdek, o‘q-dorilar omboriga zarba bergandi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatidagi Bogoduxov temir yo‘l vokzali yaqinida AQSH va Yevropa davlatlaridan olingan katta miqdordagi harbiy texnika to‘plami yo‘q qilingan. Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar natijasida 280 nafargacha Ukraina harbiylari halok bo‘lgan, 48 ta qurol va harbiy texnika ishdan chiqqan.
LiveBarchasi