Ukrainada rossiyaparast Kommunistik partiya faoliyati taqiqlandi

Olam

image

Bugun, 5 iyul kuni Ukrainaning Lvov sudi 7 yillik sud jarayoridan so‘ng, Ukraina Kommunistik partiyasi faoliyatini taqiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun sud Adliya vazirligining partiyani rossiyaparast deb taqiqlash to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqqan. 

“Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, sud Ukraina Adliya vazirligining da’volarini qanoatlantirdi: Ukraina Kommunistik partiyasining faoliyati taqiqlangan; partiyaning mulki, mablag‘lari va boshqa aktivlari, uning viloyat, shahar, tuman tashkilotlari, boshlang‘ich tashkilotlari va boshqa tuzilmalari davlat mulkiga o‘tkazildi”, deyiladi Sakkizinchi ma’muriy apellyatsiya sudi xabarida.

Shuningdek, Lvov sudi Ukraina Kommunistik partiyasining mulkini davlat ixtiyoriga o‘tkazishga qaror qildi. 

8 iyun kuni Ukrainada “Muxolifat bloki” partiyasi faoliyati taqiqlangan edi. Mart oyida Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi harbiy holat davrida bir qator muxolifat partiyalarining ishini to‘xtatgan edi. 

Ro‘yxatda “Muxolifat platformasi – umrbod”, “Shariat partiyasi”, “Biznikilar”, “Muxolifat bloki”, “So‘l muxolifat”, “So‘l kuchlar ittifoqi”, “Derjava”, “Ukraina progressiv sotsialistik partiyasi”, “Ukraina Sotsialistik partiyasi”, “Sotsialistlar”, “Vladimir Saldo bloki” joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing