Ukrainada Medvedchukning rafiqasiga tegishli mulklar hibsga olindi
Olam
−
24 fevral 2023
6599Ukrainada ukrainalik siyosatchi Viktor Medvedchukning rafiqasi Oksana Marchenkoning 153 million dollarlik mulki hibsga olindi. Bu haqda kecha, 23 fevral kuni mamlakat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
“Xavfsizlik xizmati materiallariga ko‘ra, sud Oksana Marchenkoning mol-mulkini hibsga oldi. Hibsga olingan aktivlarning umumiy qiymati 5,6 milliard grivnadan oshadi”, deyiladi xavfsizlik xizmatining Telegram’dagi kanalida.
Ta’kidlanishicha, hibsga olish, Marchenko offshor kompaniyalar orqali egalik qiladigan, ikki oblenergoning 14% va boshqa birining 4% dan ortig‘i bo‘lgan paketiga nisbatan qo‘llanilgan. Bundan tashqari, ikki yer uchastkasi, to‘rtta turar-joy binosi, o‘nta yengil avtomobil, shuningdek, Marchenkoning 18 ta investitsiya, agrosanoat, telekommunikatsiya va boshqa korxonalardagi mol-mulki hibsga olingan.
UXXning qo‘shimcha qilishicha, tergov harakatlari Ivano-Frankovsk viloyati bo‘yicha departament bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Fevral oyi boshida ushbu bo‘lim Ukraina Bosh prokuraturasi veb-saytiga chaqiruv qog‘ozini joylashtirgan holda Marchenkoni so‘roqqa chaqirgan. 7 fevral kuni u konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish yoki ag‘darish yoki davlat hokimiyatini egallab olish, Ukraina hududi yoki davlat chegarasini o‘zgartirish maqsadida sodir etilgan harakatlarni moliyalashtirish bo‘yicha sirtdan ayblandi.
Ma’lumot o‘rnida, Ukraina Xavfsizlik xizmati joriy yil aprelda Medvedchuk Prezident Vladimir Zelenskiy topshirig‘iga ko‘ra hibsga olinganini e’lon qildi. 2022 yilning sentyabr oyida Kiyev siyosatchi Viktor Medvedchuk va 55 nafar rus askarini Moskvaga topshirdi. Medvedchuk 215 nafar ukrainalik askarga, jumladan Mariupolning “Azovstal” zavodi himoyachilari va “Azov” polki qo‘mondonligiga almashtirilgan.
LiveBarchasi