Ukrainada MDHdan ham yollanma askarlar bor – Rossiya Bosh prokurori Japarovga xavotirini bildirdi
Olam
−
29 iyul 2022
9527Ukraina sharqida yollanma askarlardan foydalanish bo‘yicha ko‘plab faktlar qayd etilmoqda. Ahamiyatlisi, ularning ichida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan ham askarlar bor. Bu haqda Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.
Qayd etilishicha, Krasnov Ukrainadagi “og‘ir vaziyatdan alohida tashvish bildirgan”.
“Ushbu mamlakat sharqida MDH davlatlaridan kelgan yollanma askarlardan foydalanish, qurol va o‘q-dorilarning amalda nazoratsiz aylanishi bilan bog‘liq ko‘plab faktlar mavjud bo‘lib, bu barcha Hamdo‘stlik mamlakatlari uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda”, deydi Rossiya Bosh prokurori.
Aytish joizki, Rossiya harbiylari Ukrainadagi yollanma askarlarni deyarli har kuni yo‘q qilmoqda. Xususan, joriy yilning 24 iyul kuni rus qo‘shinlari Xarkovdagi “Ukraina energetika mashinalari” zavodida xorijiy yollanma askarlarni joylashtirish nuqtasiga zarba bergan.
LiveBarchasi