Ukrainada karantin ikki yarim oyga uzaytirildi

Olam

image

Ukraina koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantinni 30 aprelgacha uzaytirdi, bunday qaror Hukumat yig‘ilishida qabul qilingan.

Shuningdek, mintaqalar epidemiologik vaziyat darajasiga ko‘ra to‘rtta zonaga: yashil, sariq, to‘q sariq va qizil ranglarga bo‘linadigan adaptiv karantin modeliga qaytadi. Toifaga qarab, mintaqalarda cheklovlar o‘rnatiladi.

“Qaror kelasi haftadan kuchga kiradi, shuning uchun barcha ukrainaliklar u bilan tanishishlari, tayyor bo‘lishlari mumkin”, dedi Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Maksim Stepanovning ta’kidlashicha, hozirda butun mamlakat bo‘ylab amal qiladigan cheklovlar darajasi biroz bo‘shashgan holda sariq zonaga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing