Ukrainada chivin chaqishi orqali yuqadigan noyob kasallik aniqlandi
Salomatlik
−
19 avgust 2021
8410Yil boshidan beri Kiyevda chivin chaqishi orqali tarqaladigan uchta dirofilarioz kasalligi qayd etilgan. Kasallik hayvonlarga ham, odamlarga ham ta’sir qiladigan gelmint qurtlari parazitlari tomonidan qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markaziga tayanib TACC xabar berdi.
Kasallikning asosiy alomatlariga teri osti tugunining paydo bo‘lishi, shish va qizarish kiradi. Ma’lum bo‘lishicha, gelmint qurti inson terisi ostida 30 sm gacha ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bundan tashqari, ma’lumki, infeksiya paytidan boshlab shish paydo bo‘lgunga qadar kamida bir oy, ba’zan esa ikki yilgacha o‘tishi mumkin. Joriy yil Kiyev aholisida 11, 7 va 12 sm o‘lchamdagi uchta gelmintlar olib tashlandi. Bitta holatda parazit o‘ng qo‘lidan, qolgan ikkitasida - chap ko‘zdan olingan.
LiveBarchasi