Ukrainada havo “trevogasi” e’lon qilindi
Olam
−
26 yanvar 2023
14665Ukraina bugun, 26 yanvar kuni butun mamlakat bo‘ylab havo hujumidan ogohlantirish e’lon qildi va hukumat ehtimoliy raketa hujumi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat ichki hududlariga raketa hujumi uyushtirilishi kutilmoqda. Xususan, Nikolayev viloyati gubernatori Vitaliy Kim o‘z Telegram sahifasida viloyat hududida Rossiyaning ikkita raketasi aniqlanganini ma’lum qilgan.
“Ukraina hududiga raketalar uchib kirdi. Nikolayev viloyati orqali shimoli-g‘arbga kamida 2 ta raketa uchib o‘tdi. Keyin yana 3 ta raketa. Umuman olganda, biz boshpanalarimizda qolamiz. Biz Ukraina Qurolli kuchlariga ishonamiz!”, deydi u o‘z Telegram sahifasida.
Shuningdek, DTEK elektr kompaniyasi ham Kiyev shahri va viloyatida, Odessa va Dnepropetrovsk viloyatlarida raketa hujumi xavfi tufayli elektr energiyasini favqulodda to‘xtatishni amalga oshirayotganini e’lon qilgan.
25 yanvardan 26 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga Eronning 24 ta “Kamikadze” rusumli uchuvchisiz samolyotini uchirgan va ularning barchasi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan urib tushirilgan.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi