Ukraina JCH-2026 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olishi kerak – Dalgish

Sport

image

“Liverpul” klubining afsonaviy futbolchisi Kenni Dalgish AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatida Ukraina to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi kerakligini aytmoqda. Bu haqda Dalgishning so‘zlariga tayanib, “Thye Scottish Sun” nashri xabar berdi.

“Biz ukrainalik futbolchilarga va Ukraina futbol assotsiatsiyasiga katta hurmat bilan qarashimiz kerak. Ularning hech qanday aybi yo‘q. To‘g‘ri futbolchilarning aksariyati Ukrainada o‘ynamaydi, lekin ularning oilalari urushdan jiddiy zarar ko‘rgan.

O‘ylashimcha, ukrainaliklarga bosim o‘tkazmaslik kerak, bu adolatsizlik bo‘lardi. Balki ularga zaytun daraxtining kichik shoxini berib, “keyingi Jahon chempionatiga [2026] borasiz, buning uchun saralash bosqichlardan o‘tishingiz shart emas”, degan ma’quldir. Bu hurmat ko‘rsatishning bir yo‘li bo‘lar edi. O‘ylaymanki, agar, Ukarina taraf ham bunga rozi bo‘lsa, ajoyib ish bo‘ladi”, degan “Liverpul” afsonasi.

Ma’lumot o‘rnida, Ukraina terma jamoasi 2022 yilda Qatarda o‘tadigan mundialga saralashning pley-off bosqichi yarim finalida Shotlandiyaga qarshi o‘yinga tusholmasligi mumkin. Agar, amalda ham shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Shotlandiya pley-off finaliga chiqadi va Uels bilan to‘qnash keladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing