Ukraina YouTube’dan rusparast kanallarni bloklashni so‘raydi

Jamiyat

image

Ukraina Madaniyat va axborot siyosati vazirligi YouTube’ga “NewsOne”, “ZIK”, “112 Ukraina” kanallari sahifalarini yopish to‘g‘risida so‘rov yuboradi, deb xabar berdi vazirlik rahbari Aleksandr Tkachenko.

“Axir ushbu kanallar efir, sun’iy yo‘ldosh va Internetdagi eshittirishlarda Ukrainaning milliy xavfsizligiga axborot tahdidini keltirib chiqarmoqda, chunki ular ommaviy axborot vositalari yoki doimiy translyatsiya emas, balki Rossiyaning Ukrainaga qarshi targ‘ibot urushining bir qismidir”, deydi vazir.

Tkachenko YouTube kanallarni yopish bo‘yicha o‘z siyosatini tushunishini ta’kidladi, ammo ommabop platforma kim qanday moliyalashtirayotgani hamda dushmanlik tomonlarini aniq bilishi kerak, degan ishonchni bildirdi.

YouTube vakili izoh berishdan bosh tortgan.

Yuqoridagi telekanallar Ukrainada fevral oyining boshlarida Prezident Vladimir Zelenskiy mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorini ma’qullaganidan so‘ng, o‘z ko‘rsatuvlarini to‘xtatdi. Boshqa telekanallar, jumladan “TV Vibor”, “Partner TV” va “Ariadna TV” ham cheklovlarga tushib qolgan. Shuningdek, “NewsOne”, “ZIK” va “112 Ukraina” kanallariga egalik qiluvchi muxolifat deputat Taras Kozakka qarshi sanksiyalar joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing