Ukraina YeIdan 2 milliard yevro yordam oldi
Olam
−
18 Oktabr 2022
2622Ukraina Yevropa Ittifoqidan 2 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam oldi, u ijtimoiy va gumanitar sohalardagi shoshilinch xarajatlarga yo‘naltiriladi. Bu haqda bugun, 18 oktyabrda Ukraina Respublikasi Bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga YeI dan 2 milliard yevro makromoliyaviy yordam keldi. Davlat Yevropa Ittifoqidan Ukrainaning iqtisodiy barqarorligini saqlashga qaratilgan navbatdagi yordamni oldi.
“Umuman olganda, joriy yilda Ukraina YeIdan 4,2 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam oldi, bu davlatning iqtisodiy jabhasini mustahkamlashga sezilarli yordam berdi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek ta’kidlanishicha, mablag‘lar byudjetning shoshilinch xarajatlari, xususan, ijtimoiy-gumanitar sohadagi xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi boshida Ursula fon der Lyayen YeI Ukrainaga joriy yil boshidan beri Yevropaning alohida davlatlaridan yetkazib berish va ikki tomonlama yordamni hisobga olmaganda, 10 milliard yevro miqdorida harbiy, iqtisodiy va moliyaviy yordam ko‘rsatganini e’lon qildi. Iyun oyida YeI sammiti ishtirokchilari Kiyevga yana 9 milliard yevro ajratishga qaror qilgan, shundan hozirgacha 1 milliard yevro o‘tkazilgan. 20 sentyabrda YeI kengashi Ukrainaga imtiyozli kreditlar shaklida 5 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ko‘rsatishni ma’qullagan edi.
Temur Jumayev
LiveBarchasi