Ukraina yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. U kelajakda Rossiya o‘rnini egallaydimi?
Olam
−
17 mart 2023
4565Ukraina uch yil ichida atom elektr stansiyalari uchun o‘zining yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, bu Rossiya yoqilg‘isini, shu jumladan, Yevropa bozorida ham o‘rnini bosa oladi. Bu haqda Ukraina energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z liniyasini yaratish rejasiga ko‘ra, “Energoatom” (Ukraina kompaniyasi – milliy atom elektr stansiyalari operatori) uch yildan so‘ng chiqishni rejalashtirmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Energetika vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Ukraina allaqachon VVER-1000 tipidagi yonilg‘i yig‘malari uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni boshlagan va keyinchalik VVER-440 reaktorlari uchun komplektlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Loyiha “Energoatom” tomonidan Amerikaning Westinghouse kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda litsenziyalashni yakunlash va 2024 yilda esa kallaklarni (yoqilg‘i yig‘malari elementlari) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Ular Shvetsiyaning Vesteros shahridagi Westinghouse zavodida “Energoatom” ehtiyojlariga yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Ukraina energetika vaziri German Galushenkoning departament matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, kelajakda Ukraina AESlari VVER-440 reaktorlari bilan ishlaydigan Yevropa mamlakatlariga yadro yoqilg‘isi yetkazib beruvchisi bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi