Ukraina urushga tayyorlanmoqda (fotoreportaj)
Olam
−
22 yanvar 2022
24662Rossiya chegarasidan 500 metr nariroqda Ukraina harbiylari urush boshlanishini kutib, yuqori shaylikda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ukraina sharqida joylashgan Lugansk viloyatidan fotoreportaj tayyorlagan CNN axborot agentligi reportyori Timoti Fidokning ma’lum qilishicha, ukrain xalqi muqarrar urushga tayyorlanmoqda.
“Ular urushning muqarrarligiga shubha qilishmayapti. Men suhbat qilgan askarlardan biri urush sodir bo‘lishi aniqligi va unga mamlakat mudofaasi jiddiy tayyorgalik ko‘rayotganini bildirdi. Men, hatto, urush qachon va qay yo‘sinda boshlanishi haqida askarlar o‘rtasida sodir bo‘lgan tortishuvga ham guvoh bo‘ldim. Ulardan biri Rossiya chegarani buzib o‘tmasdan Azov dengizidan turib hujum qilishini aytsa, boshqa ruslar Belarus hududidan turib urush boshlashini uqtirmoqchi bo‘ldi”, deya olgan taassurotlari haqida bayon qiladi jurnalist.
Ukrain xalqi Rossiya qaysi tomondan hujum qilishi haqida bir to‘xtamga kela olmayotgan bo‘lsa-da, urush boshlanishi haqida ularning fikri yakdil, ularga ko‘ra, urush bo‘lishi 100 foiz aniq.
“Xalq o‘zini urushga tayyorlab bo‘lgan. Ammo, uning boshlanishini bilsalarda, juda ham xotirjamlikka berilishgan, hechkimning yuzida qo‘rquv yoki xavotir sezilmaydi. Ular jang qilishga shay. Ular bu urushga bir necha yillardan buyon tayyorlanib kelishmoqda”, deya qo‘shimcha qiladi Fidok.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat tarixdagi eng nozik nuqtaga yetgan. Butun dunyo voqealar rivojini hayajon va qo‘rquv bilan kuzatmoqda.
Mamlakatlar va ko‘plab xalqaro tashkilotlar ushbu sovuq urushni to‘xtatishga urinishmoqda, ammo barcha sa’y-harakatlar zoye ketmoqda.
Ukrain askarlari va oddiy aholi urush bo‘lishini xohlaysizmi degan savolga, “Albatta yo‘q, lekin uni to‘xtatish uchun qo‘limizdan nima ham kelar edi?”, deya javob berishmoqda.
Sovuq urush nafaqat ikki mamlakat tinch aholisining qoni sababsiz to‘kilishiga, balki mintaqa davlatlarining xavfsizligi uchun ham jiddiy tahdidlar yuzaga kelishiga olib keladi.
Behruz Saidov
LiveBarchasi