Ukraina universitetlarida rus tilini taqiqlash taklif qilindi
Olam
−
31 yanvar 2023
3485Ukrainaning barcha universitetlarda rus tilini taqiqlash taklif qilindi. Ushbu taklif Ukrainaning Davlat tilini himoya qilish bo‘yicha komissari Taras Kremin tomonidan berildi.
“Oliy ta’lim to‘g‘risidagi qonun oliy ta’lim muassasalarining mustaqilligini ko‘rsatadi, shuning uchun ular allaqachon shunga o‘xshash qarorlarni qabul qilishlari kerak edi”, deydi u.
Shuningdek, Kremin Vasiliy Karazin nomidagi Xarkov Milliy universiteti ma’muriyatining ikki hafta oldin universitetda davlat tilini himoya qilish bo‘yicha komissar lavozimini joriy qilgan harakatlarini olqishlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muassasa devorlari ichida til qonunchiligi buzilishiga chek qo‘yishga xizmat qiladi, chunki onlayn darslar davomida o‘qituvchilar qayta-qayta nodavlat tildan foydalangan.
27 yanvar kuni Ukrainadagi Kiyev-Mogila akademiyasi ma’muriyati shaxslararo muloqotda rus tilidan foydalanishni rasman taqiqlagan.
Ma’lumot uchun, Ukrainada “Ukrain tilining davlat tili sifatida amal qilishini ta’minlash to‘g‘risida” to‘g‘risida qonun mavjud. Mazkur hujjatga muvofiq, qonun normalariga rioya qilmaslik jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarima miqdori bu qoidabuzarliklar takroran sodir etilgan taqdirda oshirilishi mumkin.
LiveBarchasi