Ukraina suv ta’minotida jiddiy muammolarni boshdan kechirmoqda – Zelenskiy 

Olam

image

Ukraina suv ta’minotida katta muammolar mavjud, issiqlik va elektr ta’minotidagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

“Issiqlik va suv ta’minotida katta muammolar bor”, deydi Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda eng qiyin vaziyat Kiyev, Vinnitsa, Lvov va boshqa ko‘plab mintaqalarda kuzatilmoqda.

Shuningdek, Zelenskiy tizimni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlar davom etayotganini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, kun davomida deyarli 6 million ukrainalikning uylariga elektr energiyasini qaytarish mumkin bo‘lgan.

Ukrainaning elektr energiya yetkazib beruvchi Yasno kompaniyasi bosh direktori Sergey Kovalenkoning aytishicha, Kiyevdagi elektr ta’minotidagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda.

“Bemorning hayoti” xavf ostida emas, ammo vaziyat hali ham barqarorlashuvdan yiroq”, deb yozgan u Facebook'dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, YeI Ukrainaga 2023 yilda 18 milliard yevrolik yordam berishi haqida xabar berilgandi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 18 milliard yevrodan tashqari YeI Kiyevga energetika tizimini barqarorlashtirish uchun katta yordam ajratishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing