Ukraina samolyoti halokatida operator aybdor edi – Eron

Olam

image

Eron Fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti yakuniy hisobotida 2020 yil yanvarida Tehron yaqinida Ukrainaning Boeing samolyotining qulashi sababini havo hujumidan mudofaa tizimi operatorining xatosi deb deb tan oldi. Bu haqda “Reuters” hujjatga asoslanib xabar berdi.

“Samolyot Tehron yaqinidagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi operatorining xatosi tufayli dushman nishoni sifatida aniqlangan va unga ikkita raketa uchirilgan”, deya agentlik hisobotning bir qismini keltirdi.

“Ukraine International Airlines” aviakompaniyasining “Boeing 737-800” samolyoti 2020 yil 8 yanvarda halokatga uchragandi. Aviahalokatda 176 kishi, jumladan, Ukraina, Eron, Kanada va boshqa mamlakatlar fuqarolari halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing