Ukraina Rossiya o‘tkazgan referendumlarni “spektakl” deb atadi

Olam

image

Ukraina o‘z hududlarini ozod qilishda davom etadi va hech qachon Rossiya Federatsiyasining ultimatumlariga rozi bo‘lmaydi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi separatistlar nazoratidagi tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida, shuningdek, Ukrainaning Rossiya Qurolli kuchlari nazoratidagi Zaporoje va Xerson viloyatlarida tashkil etilgan psevdoreferendumlarga javoban ma’lum qildi.

“23-27 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Ukrainaning vaqtincha bosib olingan Xerson, Zaporoje, Lugansk va Donetsk viloyatlarida “referendum” deb nomlangan targ‘ibot aksiyasini tashkil qildi. Bu hududlardagi odamlarni rossiyalik harbiylarning ko‘z o‘ngida har qanday qog‘ozlarni to‘ldirishga majburlash Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzi davomidagi navbatdagi jinoyati bo‘lib, davlatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarini, xalqaro huquq va Rossiyaning xalqaro majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzadi”, deyiladi xabarda.

Vazirlikning qayd etishicha, Ukraina Qrimida bo‘lgani kabi, Lugansk, Donetsk, Zaporoje va Xerson viloyatlari ham Ukrainaning suveren hududlari bo‘lib qoladi.

"Bu spektakl"ning xohish irodani namoyon bo‘lishiga hech qanday aloqasi yo‘q va Ukrainaning ma’muriy-hududiy tuzilishi va xalqaro tan olingan chegaralari uchun hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, TIV Ukraina o‘z hududiy yaxlitligini harbiy va diplomatik yo‘llar bilan tiklashga haqliligini va vaqtincha bosib olingan hududlarni ozod etishda davom etishini qayd etgan.

Tashqi ishlar vazirligi Ukraina Yevropa Ittifoqi, NATO va “Yettilik” guruhini zudlik bilan tajovuzkor davlatga bosimni sezilarli darajada oshirishga, shu jumladan Rossiyaga qarshi yangi qattiq sanksiyalarni qo‘llashga va Ukrainaga harbiy yordamni sezilarli darajada oshirishga, xususan, tanklar, jangovar samolyotlar, zirhli transport vositalari, uzoq masofali artilleriya, zenit va raketaga qarshi mudofaa vositalari bilan ta’minlashga chaqirgan.

“Ukraina hech qachon Rossiyaning hech qanday ultimatumiga rozi bo‘lmaydi va Moskvaning demarkatsiyaning yangi chiziqlarini yaratish yoki Ukrainani xalqaro qo‘llab-quvvatlashni susaytirishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi”, deb xulosa qilgan diplomatik departament.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing