Ukraina parlamentida janjal yuz berdi (video)

Olam

image

Bugun, 17 iyun kuni Ukraina Oliy Radasi spikeri Dmitriy Razumkov parlament sessiyasida rejadan tashqari tanaffus e’lon qildi. Bunga parlament tribunasida muxolif “Hayot uchun” hamda “Xalq xizmatkori” Prezident partiyasi vakillari o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan.

“15 daqiqa tanaffus e’lon qilinadi”, deydi Razumkov. Yig‘ilishni parlamentning “Rada” telekanali namoyish etdi.

Ma’lum qilinishicha, Ukraina deputatlari bugun, 17 iyun kuni teleradioeshittirishlar bo‘yicha Milliy kengash mustaqilligini ta’minlashga oid qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqishni davom ettirgan. 

Minbarda turib so‘zga chiqqan “Xalq xizmatkori” fraksiyasi vakili Nikita Poturayev yuqoridagi mavzu bo‘yicha bayonot bergan. Buni esa “Hayot uchun” partiyasi vakillari haqorat va zo‘ravonlik harakatiga da’vat sifatida qabul qilgan. Xususan, Poturayev “ Hayot uchun” partiyasi vakillari otib tashlanemayotganidan afsusda ekanini ta’kidlagan. Shundan so‘ng, Ukraina parladmentida o‘zaro janjal chiqqan.

Tanaffusdan so‘ng, deputat Poturayev so‘zlari uchun uzr so‘ragan, ammo “Hayot uchun” partiyasi ushbu hodisani tartibga solish qo‘mitasida tekshirishni hamda Poturayevning o‘zini vazifasidan ozod qilishni talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing