Ukraina NATOga Qrim bo‘yicha taklif berdi

Olam

image

Ukraina Hukumati NATO qo‘mondonligiga ittifoq operatsiyalarini o‘tkazish, vaziyatni kuzatib borish va harbiy xizmatchilarni tashish uchun Simferopolning parvoz ma’lumoti mintaqasidagi havo maydonidan foydalanishni taklif qildi. Bu haqda Ukraina Infratuzilma vazirligi saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan.

Ushbu taklif NATO Bosh kotibining mudofaa siyosati va rejalashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Patrik Tyornerning Bryusselda Ukraina Hukumat delegatsiyasi bilan o‘tkazgan muzokaralarida aytilgan.

“Simferopol parvoz ma’lumot zonasida yangilangan EASA parvoz xavfsizligi byulleteni va AQSH Federal aviatsiya ma’muriyatining Simferopol FIRdagi parvozlarga qo‘ygan cheklovlarini bekor qilishni hisobga olgan holda, biz havo maydonining ushbu qismidan qo‘shinlarni tashish uchun NATO havo operatsiyalari uchun foydalanishni taklif qilamiz. Rossiya bilan chegaradagi havo holatini kuzatishda NATOning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilamiz”, deydi Ukraina Infratuzilma vaziri Vladislav Krikliy.

Qrim Rossiyaga qo‘shilganidan so‘ng, Qora dengiz va Qrim ustidan parvoz nazorati ikkiga bo‘lindi. Rossiyaning Simferopoldagi aviadispetcherlari parvozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarimorol orqali, Qora dengiz orqali xalqaro yo‘nalishlarni esa Odessa va Dneprdan kelgan aviadispetcherlar boshqaradi. Xalqaro tashkilotlar Qrim ustidan Ukrainaning suverenitetini tan oladi va Qora dengiz ustidan uchib o‘tishda ukrainalik dispetcherlar xizmatidan foydalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing