Ukraina NATOdan havo mudofaa tizimlarini so‘radi
Olam
−
30 noyabr 2022
3567Kecha, 29 noyabr kuni Ruminiya poytaxti Buxarestda bo‘lib o‘tayotgan NATO tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida barcha ishtirokchilar Kiyevni Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
NATO bosh kotibi Stoltenberg Ukrainaning alyansga kirishi ustuvor vazifa emasligini aytgan.
“Alyans diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Ukrainaning o‘z yo‘lini tanlash huquqini qo‘llab-quvvatlaydi va NATO tarkibiga kirish istagini hurmat qiladi. Biroq hozir bizning e’tiborimiz Ukraina Rossiya agressiyasidan o‘zini himoyalashi uchun tezkor yordam berishga qaratilgan”, deydi bosh kotib.
O‘z o‘rnida, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba NATO yordami uchun minnatdorchilik bildirib, NATO davlatlaridan qurol yetkazib berishni ko‘paytirishni so‘ragan.
“Biz qilingan ishlarni qadrlaymiz, ammo urush davom etmoqda. Biz Rossiyani yengishimiz mumkinligini isbotladik. Bizga IRIS, Hawks, Patriot kabi havo mudofaasi kerak, bizga transformatorlar kerak”, deb qayd etgan Kuleba.
Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainaga qishdan omon qolishda yordam berishga, elektr generatorlarini yuborishga va vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklashga ko‘maklashishgi va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, Stoltenberg oldinroq Ukrainani qo‘llab-quvvatlash g‘arbliklar uchun qimmatga tushayotgan bo‘lsada, yordamni saqlab turish va oshirish zarurligini aytgan edi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi