Ukraina MDHning ikki muhim shartnomasidan chiqib ketdi. Ulardan biri Toshkentda imzolangan

Olam

image

Ukraina Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida imzolangan fuqarolik aviatsiyasi va havo maydonidan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalaridan chiqdi. Tegishli farmonni mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy imzoladi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida xabar berildi.

Gap ikkita shartnomadan chiqish haqida ketmoqda. Birinchisi, 1991 yil 25 dekabrda Minskda imzolangan fuqarolik aviatsiyasi va havo maydonidan foydalanish to‘g‘risida. Ushbu hujjatga binoan, imzolagan davlatlarning havo hududi yagona hisoblanadi. Shuningdek, kelishuv ishtirokchilari aviatsiya va havo kengligidan foydalanish bo‘yicha kengash – Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasini tashkil etgandi.

Shuningdek, Kiyev 1992 yil 15 mayda Toshkentda imzolangan havo maydonidan foydalanish to‘g‘risidagi bitimdan chiqishini ham e’lon qildi. Hujjat, xususan, uning ishtirokchilari “Hamdo‘stlik Qurolli Kuchlari faoliyatini amalga oshirish uchun o‘z hududi bo‘ylab havo maydonini ta’minlaydi va ularning normal ishlashini buzilishiga yoki murakkablashishiga olib keladigan harakatlarni amalga oshirmaydi”.

Ukraina Prezidenti o‘z farmonida Tashqi ishlar vazirligiga aviatsiya va havo hududidan foydalanish bo‘yicha davlatlararo kengashga Ukrainaning shartnomalardan chiqib ketishi to‘g‘risida ma’lumot berishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing