Ukraina Maksim Galkinni milliy xavfsizlikka tahdid deb e’lon qildi
Madaniyat-san’at
−
04 noyabr 2021
10803Ukraina Madaniyat va axborot siyosati vazirligi teleboshlovchi Maksim Galkinni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslar ro‘yxatiga kiritdi. Galkin ma’lumotlari vazirlik saytida e’lon qilingan ro‘yxatda paydo bo‘ldi.
Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) Galkinni milliy xavfsizlikka tahdid, deb tan olishining sababi oshkor qilinmadi. San’atkorning o‘zi hozircha nima bo‘lganiga izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida rossiyalik qo‘shiqchi Filipp Kirkorov Ukraina milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan edi. U ro‘yxatda uch kun turdi, keyin UXX Ukraina Madaniyat vazirligiga Kirkorovni ro‘yxatdan olib tashlashni buyurdi. Biroq UXX ikkala qarorni ham ommaviy ravishda tasdiqlamagan.
Ma’lumot uchun, milliy xavfsizlikka tahdid soladigan shaxslar ro‘yxati Ukraina Xavfsizlik xizmati ko‘rsatmalariga muvofiq Ukraina Madaniyat vazirligi tomonidan to‘ldiriladi. 4 noyabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatda 259 kishi bor.
LiveBarchasi