Ukraina qo‘shinlari qachon Qrimga kirishi mumkinligi aytildi

Olam

image

Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlagan urush 2023 yil bahori oxirigacha yakunlanishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralar faqat rus qo‘shinlari Ukraina hududini tark etgan taqdirdagina boshlanishi mumkin.

Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari, iste’fodagi general-mayor Vladimir Gavrilov Britaniyaning “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi va Ukraina Qurolli Kuchlari joriy yilning dekabr oyi oxirigacha Qrimga kirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Ukraina jamiyatida biz oxirigacha boramiz degan qaror bor”, deydi u.

Generalning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina g‘alabaga qadar kurashni hech qachon to‘xtatmaydi, hatto Rossiyaning yadroviy zarbasi xavfini hisobga olsa ham: “Bu bizning kurashimizni davom ettirishimizga xalaqit beradigan tahdid emas”, deydi u.

Shu bilan birga, Gavrilov yadroviy zarba xavfini juda past deb hisoblayapti. Qrimni erta ozod qilish imkoniyati haqida gapirar ekan, Gavrilov shunday dedi:

“Bilasizmi, qora oqqush degan hodisa bor. Hech kim kutmagan hisob-kitoblar uchun kutilmagan hodisa paydo bo‘ladi. Shu bois, Rossiya mamlakat ichida “qora oqqush”ga duch kelishi mumkin deb hisoblayman. Bu esa Qrimdagi muvaffaqiyatimizga hissa qo‘shishi mumkin”.

U, shuningdek, Qrimni ma’lum kuchlar, resurslar va boshqalar kombinatsiyasi orqali ozod qilishning harbiy varianti mavjudligini ta’kidladi.

“Masalan, dekabr oyining oxirigacha Qrimga kirishimiz mumkin”, deydi Gavrilov, buning imkoni borligini va bunday ssenariy istisno qilinmasligini qo‘shimcha qilib.

Vazir o‘rinbosari, shuningdek, Rossiya qo‘shinlarning 2023 yil 24 fevralgacha Ukraina hududini tark etishi yoki chiqmasligiga ehtimoliga ham baho berdi.

“O‘ylashimcha, holat real qarasak, biz harbiylar sifatida ma’lum zaxiralarni yaratish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘lgan ssenariyga amal qilishimiz kerak.
Rossiya ham (frontga – tahr.) ko‘plab odamlarni yuborishda davom etadi. Va, albatta, bu holda, urush ma’lum bir vaqtgacha davom etadi. Ammo mening fikrimcha, bu urush bahor oxirigacha tugaydi”, deydi Gavrilov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing