Ukraina qo‘shinlari Chernigovdagi 5 ta aholi punktini ruslar qo‘lidan ozod qildi
Olam
−
11 mart 2022 10985 1 daqiqa
Ukraina Qurolli kuchlari Chernigov viloyatidagi 5 ta aholi punktini rossiyalik harbiylar qo‘lidan ozod qildi. Bu haqda Ukrainaning “Shimol” operativ qo‘mondonligi xabar bergan.
“Chernigov viloyatida harakat qilayotgan qarshilik kuchlari o‘zlarining mohirona harakatlari bilan katta qat’iyat ko‘rsatib, 5 ta aholi punktini qarshi tomon qo‘shinlari qo‘lidan ozod qildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi bo‘linmalari jangovar harakatlarni to‘liq o‘tkizishga qodir emas. Oliy harbiy-siyosiy rahbariyat tomonidan tashlab ketilgan ofitserlar orasida vahima mavjud hamda askarlarning ma’naviy va psixologik holati vazifalarni bajarishga yordam bermaydi.
“Buning natijasida Chernigov viloyatidagi aholi punktlarimizda Ukraina davlat bayrog‘i va ikkita bronetransportyor bor. Ular endi ukrain xalqi manfaati uchun xizmat qiladi” deyiladi xabarda.

Live
Barchasi