Ukraina Qrim rahbariga suiqasd uyushtirdi – FXX
Olam
−
03 iyul 2023
14414Qrim rahbari Sergey Aksyonovga suiqasd uyushtirildi. Bu terakt mamlakat Federal Xavfsizlik Xizmati (FXX) tomonidan vaqtida to‘xtatib qolindi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukraina Xavfsizlik Xizmati (UXX) tomonidan yollangan shaxs Aksyonovning mashinasini portlatib yubormoqchi bo‘lgan.
“Xorijiy razvedka xizmati agenti Qrim hududiga yetib kelib, respublika rahbarining mashinasini portlatib yuborish orqali terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan”, deb xabar berdi FXX.
Aniqlanishicha, suiqasdga uringan shaxs UXX tomonidan yollangan Rossiya fuqarosi. U bombani yashirgan joyidan olmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olingan. Agent suiqasdga urinish va portlovchi moddalarni noqonuniy saqlashda ayblanmoqda.
"2022 yil dekabr oyida Ukraina maxsus xizmatlariga ishga qabul qilindim, "Karateka" chaqiruv belgisini oldim va poligonda qo‘poruvchilik, niqoblanish, ta’qiblardan qochish va shunga o‘xshash narsalarni o‘rgatishdi. Keyin men Qrimga, Simferopolga borish topshirig‘ini oldim. Avvaliga ijaraga uy topishim, telefon sotib olishim, ishga kirishim kerak edi. Men har kuni boshlig‘im Igor bilan bog‘lanib, keyingi ko‘rsatmalarni kutardim. Mashina joylashgan manzilga mina qo‘yib, Sergey Aksyonovni portlatishim kerak edi", deydi qo‘lga olingan shaxs.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi