Ukraina G‘arb yetakchilaridan Rossiya gaziga embargo qo‘yishni so‘radi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Germaniya, Italiya, Ruminiya va Fransiya yetakchilari bilan uchrashuvda Kiyev tomoni Yevropa davlatlari yetakchilariga Rossiyaga qarshi YeI sanksiyalarining yettinchi paketini, jumladan, Rossiya gaziga nisbatan embargo kiritish bo‘yicha takliflarni bildirdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Biz davlatlar rahbarlariga Makfol-Yermak xalqaro guruhi tomonidan tayyorlangan Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha takliflarning to‘liq paketini topshirdik”, deb yozdi Yermak.

Ukraina Prezidenti devoni xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Yevropa yetakchilariga Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar, jumladan gaz embargosi bo‘yicha takliflar berilgan.

“Ukraina xalqaro koalitsiya tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlanmoqda”, deydi Zelenskiy idorasi rahbari.

Andrey Yermak va AQSHning Moskvadagi sobiq elchisi Maykl Makfol boshchiligidagi ekspertlar guruhi Zelenskiy tashabbusi bilan G‘arb davlatlariga Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 iyun kuni Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Kiyevga keldi. Ular bugun Kiyev viloyatining Irpen shahrida bo‘lib, urush talafotlarini ko‘zdan kechirdi. So‘ng Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing