Ukraina futbol assotsiatsiyasining sobiq prezidenti qidiruvga berildi

Sport

image

Ukraina futbol assotsiatsiyasi sobiq prezidenti Andrey Pavelko rasman qidiruvga berildi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Meja” nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, sobiq amaldorning bedarak yo‘qolgan sanasi 2025 yil 5 noyabr deb qayd etilgan. Hozirda Pavelko sudgacha bo‘lgan tergov organlaridan yashirinib yurgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. Taxminlarga ko‘ra, u o‘tgan yil oxiridayoq Ukrainani tark etgan bo‘lishi mumkin. 

Huquqni muhofaza qilish organlari Andrey Pavelkoni mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda mulkni o‘zlashtirish, noqonuniy yo‘l bilan egallash hamda moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda gumon qilmoqda. Tergovning asosiy yo‘nalishlaridan biri UEFA mablag‘lari bilan bog‘liq moliyaviy firibgarlik holatlaridir. Tergovchilar ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa futbol assotsiatsiyasidan ajratilgan mablag‘lar xususiy tashkilot hisoblariga o‘tkazilib, keyinchalik yo‘qolgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar 9,32 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Andrey Pavelko Ukraina futboliga 2015 yildan 2024 yil yanvarigacha rahbarlik qilgan. Uning iste’fosidan so‘ng, Ukraina futbol assotsiatsiyasining yangi prezidenti etib Andrey Shevchenko saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina futbol assotsiatsiyasi qidiruvga berildi Andrey Pavelko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar