Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlariga qachon ega bo‘lishi ma’lum qilindi

Olam

image

Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlariga AQSH tomonidan siyosiy qaror qabul qilinganidan 2-3 yil o‘tibgina ega chiqishi mumkin. Bu haqda bugun, 20 sentyabr kuni AQSH Harbiy-havo kuchlarining Yevropa va Afrikadagi qo‘mondoni general Jeyms Xekker aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb uzoq muddatli rejalar haqida ko‘proq o‘ylay boshlagan. Shuningdek, endilikda Ukrainaga keyingi harbiy yordam ko‘rsatish rejalari tuziladi. Xekker Ukrainadagi janglar oylab emas, balki yillab davom etishi mumkinligini aytgan.

Uning aniqlik kiritishicha, F-16 samolyotlari uchuvchilarni tayyorlash va logistika muammolari tufayli, ularni Kiyevga yuborish uchun har qanday siyosiy qaror qabul qilingandan keyin, ikki-uch yilsiz yetkazib berilmasligi aniq. Ukraina G‘arb tomonidan qurol-yarog‘ bilan ta’minlanganligi sababli voqealar uchinchi jahon urushiga aylanib ketmayapti. Shuningdek, u Ukrainada omon qolish va jang qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa borligini bildirdi.

General Vashington Kiyevga operativ razvedka ma’lumotlarini, xususan, Rossiya kuchlarining Ukrainadagi omborlari haqidagi ma’lumotlarni uzatayotganini tan oldi. Shu bilan birga, u Qo‘shma Shtatlar bunday nishonlarni tanlash bilan shug‘ullanmaganiga ishontirdi. 

“Biz bunday [harbiy] mulklar qayerda joylashgani haqidagi ma’lumotni topshiramiz, lekin zarba berish-bermaslik ularga (Ukraina rasmiylari) bog‘liq”, deydi Xekker.

Shu bilan birga, general ilgari Ukraina Qurolli kuchlari bunday nishonlarga zarba berishda qiyinchiliklarga duch kelganini qo‘shimcha qilgan. 

“Ammo keyin ular HIMARS (Amerikaning g‘ildirakli shassidagi yalpi raketa tizimi – tahr.)ga ega bo‘lishdi”, deydi Xekker.

Hozirda Ukraina havo kuchlarining taxminan 80 foiz imkoniyatini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda.

Bilol Norqobilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing