Ukraina dunyo armiyalari reytingida nechanchi o‘rinni oldi?
Olam
−
07 yanvar 2023 19388 1 daqiqa
Dunyo armiyalarining yillik reytingini tuzuvchi Global Firepower portali Ukraina Qurolli Kuchlarini 15-o‘ringa qo‘ydi. Portalda e’lon qilingan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari Avstraliya (16-o‘rin), Eron (17-o‘rin) va Polshani (20-o‘rin) ortda qoldirib, 14-o‘rinni egallagan Misrga imkoniyatni boy berdi. 2022 yilda Ukraina Qurolli kuchlari 22 o‘rinda edi. Ro‘yxat tuzuvchilarning fikricha, Ukraina “[Rossiya Federatsiyasining harbiy amaliyotiga] munosabati, G‘arbning moliyaviy va moddiy yordami tufayli” reytingdagi o‘rnini yaxshilashga muvaffaq bo‘lgan.
Dunyodagi eng kuchli armiyaga ega davlatlarning beshtaligiga AQSH, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Buyuk Britaniya kiradi.
Global Firepower portali 2006 yildan beri dunyoning 140 ta armiyasini baholab keladi. Portal mualliflarining qayd etishicha, reytingni tuzishda qurolli kuchlar soni, texnik jihozlanish darajasi, moliyalashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va moddiy-texnika imkoniyatlarini hisobga olish imkonini beruvchi 50 ga yaqin omillar baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ushbu reytingda 145 ta davlat orasida 62-o‘rinni egalladi.
Live
Barchasi