Ukraina DXR va LXR sabab yana bir davlat bilan munosabatlarini uzdi

Olam

image

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya bilan  diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qildi. Bunga KXDRning Ukraina sharqidagi Donetsk va Lugansk viloyatlarining mustaqilligini tan olgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Ukraina TIV saytida xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, Kiyev KXDR Prezidenti Pxenyanning qarorini “Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazishga urinish, mamlakat Konstitutsiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi hamda xalqaro huquqning asosiy norma va tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish” deb baholagan.

“Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaqtincha bosib olingan hududlarning mustaqilligini tan olish haqidagi qarorini keskin qoralaydi. Bunday nodo‘stona harakatga javoban Ukraina KXDR bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qiladi. Mamlakat bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalar ushbu davlatga nisbatan joriy etilgan xalqaro sanksiyalar tufayli amalga oshirilmaydi”, deyiladi xabarda.

Aytish joizki, Shimoliy Koreya Ukraina sharqidagi Donetsk mustaqilligini tan olgani haqida kecha, 13 iyul kuni DXR respublika rahbari Denis Pushilin ma’lum qilgan, keyin bu ma’lumotni “Interfaks”ga KXDRning Rossiyadagi elchixonasi tasdiqlagan va LXR ham tan olinganini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing