Ukraina bo‘lajak YeI a’zosi sifatida tiklanadi – Shols
Olam
−
24 Oktabr 2022
4891Ukrainani tiklashda bu davlat kelajakda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi kerakligini hisobga olish kerak. Bu haqda bugun, 24 oktyabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Berlinda bo‘lib o‘tgan Germaniya-Ukraina iqtisodiy forumida aytib o‘tdi.
“Rossiyaning yirik hujumlariga uchragan Ukraina energetika sektori Ukrainani YeIga samarali elektr energiyasi yetkazib beruvchiga aylantiradigan tarzda tiklanadi”, deydi u.
Shuningdek, Shols Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan boshlangan urush Germaniya va Ukrainani birlashtirganini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, forumda u Ukrainada 2000 dan ortiq nemis kompaniyalari borligini ma’lum qilgan.
"Ukrainada 2000 dan ortiq nemis kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Ularning ko‘pchiligi raqamli texnologiyalar, IT yoki qayta tiklanadigan energiyani kengaytirish kabi kelajakka yo‘naltirilgan sohalarda”, deydi kansler.
Shu bilan birga, u Ukrainadagi mojaro fonida ba’zi firmalar faoliyatini to‘xtatganini aytgan.
Ma’lumot uchun, bugun, 24 oktyabr kuni Berlinda 5-Germaniya-Ukraina iqtisodiy forumi ochildi. Tadbirda asosiy mavzular Ukrainadagi mavjud vaziyat, Germaniyaning mamlakatni qayta tiklashdagi ko‘magi bo‘ladi.
LiveBarchasi