Ukraina aviakompaniyasi Kiyev va Samarqand o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Jamiyat
−
11 avgust 2021
3144Ukrainaning “Bees Airline” loukoster aviakompaniyasi Kiyev va Samarqand o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Chipta narxi — 160 dollardan 200 dollargacha (bir tomonga). Bu haqda aviakompaniya saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, parvozlar Boeing 737-800 samolyotlarida 30 avgustdan boshlab amalga oshiriladi.
Parvoz vaqti:
- Kiyevdan jo‘nab ketish – soat 15:35 da;
- Samarqandga qo‘nish – soat 22:05 da;
- Samarqanddan jo‘nab ketish – soat 23:05 da;
- Kiyevga qo‘nish – ertasi kuni soat 2:35 da.
Ma’lumot o‘rnida, “Bees Airline” loukoster aviakompaniyasi 2021 yil mart oyida yo‘lovchilar tashishni boshladi. Hozirda ushbu kompaniya Kiyev, Lvov, Odessa, Xerson va Xarkovdan muntazam va charter reyslarni amalga oshirmoqda. Aviakompaniya tarkibida 2009-2010-yillarda ishlab chiqarilgan 189 o‘rinli to‘rtta Boeing 737-800 samolyotlari bor.
LiveBarchasi