Ukraina AQSH uchun “zaharli aktivga” aylangani aytilmoqda

Olam

image

Amerika Prezidenti Jo Bayden Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasidagi nutqi chog‘ida Ukraina haqida gapirmadi, chunki u AQSH uchun “zaharli aktiv”ga aylangan. Bunday fikrni Ukraina Tahlil va siyosatni boshqarish instituti direktori Ruslan Bortnik aytdi.

“Bugun Ukraina zaharli, hamda hal qilib bo‘lmaydigan muammo. Ukraina haqida eslash Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatni yomonlashtirish hisoblanadi. Ukraina haqida yaxshi gap aytishga asos yo‘q”, deydi siyosatshunos. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina AQSH uchun qiziq emas va ular uchun mamlakat “hatto taktik jihatdan ham xavfli”. 

“Ukraina atrofidagi muammolarni hal qilishning imkoni yo‘q. Muammolarni ko‘tarish esa Rossiya bilan munosabatlarni yomonlashtiradi. Buni qilishdan hech qanday ma’no ham yo‘q. Shuning uchun Amerika diplomatiyasi bunday qilmaydi”, deydi Bortnik. 

Siyosatshunosning ta’kidlashicha, Amerika Ukrainadan manfaatdor emas. 

“Biz zaharli aktiv rolini o‘tayapmiz. Bunday aktivni shunchaki tashlab qo‘yib ham bo‘lmaydi, chunki bu mamlakatni obro‘sizlantirishi mumkin. Biroq ushbu aktiv foydasiz, xavfli va shuning uchun ham uni uzoqroq tutish kerak”, deya xulosa qildi Ruslan Bortnik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing