Ukraina harbiylarining ish haqi qisqartiriladi – OAV
Olam
−
20 fevral 2023 10067 2 daqiqa
Ukrainalik harbiy xizmatchilarning, jumladan, muddatli harbiy xizmatchilar, safarbar etilgan va oddiy harbiy xizmatchilarning ish haqi miqdori mart oyidan boshlab bir necha baravar kamaytiriladi. Bu haqda “RIA Novosti” o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Ukraina mudofaa vaziri Reznikov tomonidan yanvar oyida imzolangan “Ukraina Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga pul nafaqalarini to‘lash tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 44-sonli buyrug‘ida qo‘shimcha haq to‘lashni bekor qilish nazarda tutilgan. 30 ming grivna (taxminan 9 mln so‘mdan ortiq) – bu o‘tgan yilning fevral oyidan buyon barcha toifadagi harbiy xizmatchilarga to‘lanadi. Aslida bu ko‘pchilik ukrainalik harbiylar uchun maoshlarning bir necha barobar qisqarishini bildiradi.
Shunday qilib, safarbar qilinganlar ikki baravar ko‘p pul oladilar: mart oyi uchun 40 ming grivna to‘lanadi, yangi farmonga ko‘ra, harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar uchun nafaqa to‘rt baravar kamayadi.
Ukraina Mudofaa vazirligi buyrug‘iga ko‘ra, oyiga 100 000 (30 mln so‘mdan ortiq) grivna miqdorida qo‘shimcha haq faqat oldingi safda bo‘lgan ukrainalik harbiy xizmatchilarga to‘lanishi kerak.
Qayd etilishicha, 3000 grivna mukofoti faqat askar yoki ofitser hujumkor jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etgan kun uchun to‘lanadi. Chekinish yoki mudofaa paytida – uch baravar kam, 1 ming grivna, agar harbiy xizmatchi alkogol yoki giyohvand modda iste’mol qilgan bo‘lsa, umuman qo‘shimcha haq olmaydi.
Live
Barchasi